CASCA+ transport yo‘lagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi konsorsium tuzilishi mumkin
Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston temiryo‘llarining qo‘shma tashabbusi – CASCA+ ishtirokchilari Toshkentda yig‘ildi. Xitoyni Yevropa bilan bog‘laydigan yo‘lak faoliyatini muvofiqlashtirish uchun konsorsium tuzish, tez buziladigan meva-sabzavotlarni refrijyerator konteynerlarda tashishni yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda.

Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ matbuot xizmati
28-29 may kunlari Toshkenda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya davlatlarining temiryo‘l administratsiyalari vakillari o‘rtasida CASCA+ transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishlarni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida CASCA+ transport yo‘lagini rivojlantirish loyihalari muhokama qilindi. “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi CASCA+ transport yo‘lagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun konsorsium tashkil etish taklifini ilgari surdi.
Bu tashabbusni barcha tomonlar qo‘llab-quvvatlab, konsorsium uchun mutaxassislarni taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Bundan tashqari CASCA+ yo‘lak bo‘yicha tez buziluvchi (meva-sabzavotlar) yuklarni refrijyerator konteynerlarda tashishni yo‘lga qo‘yish va yo‘lakning sayt faoliyatini rivojlantirgan holda yo‘lak bo‘ylab harakatlanuvchi vagon va konteynerlar joylashuvini (dislokatsiyasini) onlayn tarzda kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
- CASCA+ – Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston davlat temiryo‘llarining qo‘shma tashabbusi. Hozirda bu yo‘nalish uchta mintaqani qamrab oladi – Markaziy Osiyo (Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston), Janubiy Kavkaz (Ozarbayjon va Gruziya), Anadolu (Turkiya).
- Yo‘nalish nomidagi “+” belgisi marshrut bo‘ylab tashishdan manfaatdor yangi potensial ishtirokchilarni qabul qilishga tayyorligini bildiradi. Yo‘nalishnning yakuniy maqsadi – Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari, xususan, Xitoyni Yevropa bilan bog‘lashdir.
Mavzuga oid

16:15 / 19.02.2025
Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi

20:40 / 11.01.2025
O‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishga doimiy ruxsat beriladi

20:33 / 13.11.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarining vagon qismini 30 foizga oshiradi

15:09 / 19.08.2024