Toshkent YHXB saylgohlar hamda bog‘larga tashrif buyurishda jamoat transportidan foydalanishni so‘radi 

Jamiyat 13:59 / 01.06.2024 2543

Toshkent shahar IIBB YHXB harakat xavfsizligini ishonchli ta’minlash, tirbandliklar oldini olish maqsadida fuqarolardan saylgohlar hamda bog‘larga tashrif buyurishda imkon qadar jamoat transportidan foydalanishni, shaxsiy transport vositasini atrofdagilarga xalaqit beradigan joylarda, yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda to‘xtatmaslikni va qoldirib ketmaslikni so‘radi.

Yo‘llarda, tadbirlar bo‘lib o‘tayotgan saylgohlar atrofida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun YPX xodimlari xizmatga jalb etilgan. 

“Asosiy maqsadimiz, bugungi bayram tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda va xavfsiz o‘tishini ta’minlashdir!” - deyiladi YHXB xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: