1-chorakdagi davlat budjeti taqchilligi 1,5 barobarga oshdi

Iqtisodiyot 14:53 / 31.05.2024 7121

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024 yilning 1-choragi bo‘yicha davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, davlat budjeti daromadlari 52,6 trln so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 5,3 trln so‘mga yoki 11,3 foizga oshdi.

2024 yilning 1-chorak yakunlari bilan davlat budjeti xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilgan transfertlar bilan birga) 70 trln 339,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 11,3 trln so‘mga yoki 19,2 foizga o‘sdi.

Raqamlar 1-chorakda defitsit 17,7 trln so‘m bo‘lganini ko‘rsatadi. O‘tgan yilning mos davril defitsit 11,7 trln so‘m bo‘lgan. 2022 yil 1-choragida esa bu ko‘rsatkich 1 trln so‘m edi.

2024 yilning 1-choragida ijtimoiy soha xarajatlari uchun Davlat budjetidan 33 trln 919,7 mlrd so‘m yoki umumiy xarajatlarning 48,2 foizi miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: