Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub’yektlari imtiyozlarini maqbullashtirish bo‘yicha komissiya tuzildi
U imtiyozlarning iqtisodiyotga va sog‘lom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilib, takliflar tayyorlaydi.
O‘zbekistonda tadbirkorlarga berilayotgan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni optimallashtirish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi tuzilmoqda. Bu prezidentning 24 maydagi qarorida nazarda tutilgan.
Unga bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga jami 22 kishi kiradi.
Komissiyaga 1 oktyabrga qadar prezident administratsiyasiga amaldagi barcha qo‘llab-quvvatlash choralarini xatlovdan o‘tkazgan holda, ularning iqtisodiyotga va sog‘lom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilish hamda samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha tubdan qayta ko‘rib chiqib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.
Ushbu takliflar tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlik sub’yektlariga qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash tartibi natijadorligini baholashni, shuningdek, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etishda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan erishilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash tartibini joriy etishni o‘z ichiga olishi kerak.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan sohalar, tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari doirasini aniq belgilash, qonunchilik hujjatlariga imtiyozlar va preferensiyalar tushunchasi, turlari va shakllarini to‘liq ifodalaydigan normalarni kiritish, qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish samaradorligini monitoring qilish va baholash, maqsadsiz foydalanilgan mablag‘larni majburiy tartibda qaytarish tartibini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

11:27 / 27.06.2025