Sirdaryoda Captiva bilan stadionga tushgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 09:48 / 30.05.2024 29254

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida futbol o‘yini o‘tkazilayotgan paytda “Kaptiva” stadionga chiqib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli qaror qabul qilingan.

Unga ko‘ra “Kaptiva” haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277 - moddasi (Bezorilik) bilan (!) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Haydovchi tegishli tartibda qamoqqa olingan, mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda hodisa qachon sodir etilgani haqida ma’lumot berilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: