Sergelidagi ayrim yo‘llar bir oyga yopildi 

Jamiyat 18:59 / 30.05.2024 3795

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi ayrim yo‘llar bir oyga yopildi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, 29 maydan 30 mayga o‘tar kechasi eskirgan 510 metr issiqlik quvurini almashtirish ishlari boshlangan. Shu sababli Sergeli tumanidagi ayrim yo‘llarning qatnov qismi yopilgan. 

Yo‘l harakati cheklovi Obihayot ko‘chasi bo‘ylab Sergeli yarmarkasi chorrahasidan «Havas» supermarketigacha bo‘lishi ta’kidlanmoqda. 

Kompaniya ish hajmi katta bo‘lgani sababli quvur almashtirish ishlari uchun taxminan bir oy vaqt ketishini ma’lum qilgan.  

Ko‘proq yangiliklar: