IBAga a’zo federatsiyalar bokschilari 2028 yilgi Olimpiadada qatnashmaydi

Sport 21:29 / 30.05.2024 8325

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasiga (IBA) a’zo bo‘lgan milliy federatsiyalar sportchilariga 2028 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni taqiqladi. Bu haqda XOQ matbuot xizmati ma’lum qildi. 

«Hozir boks 2028 yilgi Olimpiada o‘yinlarining sport dasturiga kiritilmagan. XOQ boks bo‘yicha bunday olimpiya musobaqasini boshqa o‘tkaza olmasligini ma’lum qildi. Buni bartaraf qilish uchun Olimpiada boksi ishonchli va yaxshi boshqariladigan xalqaro federatsiya tomonidan tashkil qilinishi kerak», deyiladi xabarda. 

Bayonotda ta’kidlanishicha, «milliy federatsiyasi IBA a’zosi bo‘lgan har qanday bokschi 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi». 

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2019 yilda IBA a’zoligini to‘xtatib qo‘ygan edi. 2023 yil 22 iyun kuni «boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bog‘liq muammolar tufayli» IBAni tan olishi haqidagi qarorini bekor qildi. XOQ buni «yagona mantiqiy yechim» deb atadi. Parij-2024 olimpiadasida boks musobaqasi XOQ tomonidan o‘tkaziladi. 

IBA rahbari rossiyalik Umar Kremlyov XOQ qarorini «siyosiylashtirilgan» deb hisoblamoqda. 

2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari AQSh Los-Anjyeles shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘proq yangiliklar: