29 may kuni rossiyalik sayyohlarning Norvegiyaga kirishiga taqiq amal qila boshladi. Bundan tashqari, rossiyaliklar uchun Norvegiya orqali boshqa Yevropa mamlakatlariga tranzit safarlari taqiqlangan. Oslodagi hukumat bu chorani o‘tgan hafta e’lon qildi.
Norvegiya rasmiylariga ko‘ra, taqiq talaba yoki ish vizasiga ega bo‘lgan rossiyaliklarga, chegarada rezidentlik guvohnomasi egalariga, Shengen mamlakatlarida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lganlarga, shuningdek, Norvegiyaga qarindoshlarini ko‘rish uchun ketayotganlarga taalluqli emas.
Shu bilan birga, Norvegiya va Shengen zonasi mamlakatlari tomonidan berilgan ko‘p yillik turistik vizaga ega bo‘lgan rossiyaliklarga mamlakatga kirish taqiqlanishi mumkin.
2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan keyin Norvegiya rossiyaliklarga turistik vizalar berishni to‘xtatdi. Adliya vaziri Emili Enger aytganidek, Norvegiya hukumati Ukrainadagi urush davom etayotgan bir paytda «ruslar Norvegiya va boshqa Shengen mamlakatlariga shunchaki turist sifatida hech qanday sababsiz sayohat qilishlarini» istamaydi.