Yevropa Kengashi Komissiyasi matbuot kotibi Peter Stanoning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Ukrainada bo‘yicha Shveytsariyada tinchlik sammiti o‘tkazilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va xalqaro hamkorlar bilan ularning tadbirda keng ishtiroki bo‘yicha ish olib bormoqda.
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha ijroiya organi bo‘lmish Komissiyaning matbuot kotibi har kunlik brifingda kelgusi oyda Shveytsariyada o‘tkazilishi kutilayotgan Ukrainada bo‘yicha tinchlik sammiti to‘g‘riisidagi savollarga javob bergan.
«Yevropa Ittifoqi kelgusi oyning o‘rtalarida Shveytsariyada tashkillashtiriladigan tinchlik sammitini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi», — degan Stano.
«Bu sammitning maqsadi biz uchun juda muhim, chunki biz uni bo‘lajak tinchlik jarayonlari uchun ilhomlanish manbasi sifatida ko‘rmoqdamiz. Yevropa Ittifoqi tadbir butun dunyodagi hamkorlarimiz bilan imkon qadar kengroq vakillar ishtirokida o‘tkazilishini ta’minlash uchun sa’y-harakat qilmoqdamiz. 70 dan ortiq davlat sammitda qatnashish majburiyatini o‘z zimmasiga olib bo‘lgan».
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida muqobil sammit tashkillashtirishga urinishlar to‘g‘risidagi savollarga javob berar ekan, Stano shunday degan:
«Putinning ushbu sammit samaradorligini yo‘qqa chiqarishga bo‘lgan urinishi yoki parallel faoliyat olib borishi, u sammitdan nechog‘liq cho‘chiyotganidan dalolat beradi».
Belgiya bilan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida bitim imzolash uchun Bryusselda bo‘lib turgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sammitda jahonning barcha yetakchilari, jumladan, AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy raisi Si Jinpingni ham kutayotganini ma’lum qildi. Zelenskiyning ta’kidlashicha, Baydenning sammitda ishtirok etishidan bosh tortishi — uning Putinga «qarsak chalishi»ni bildiradi.