Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Gvineyadagi ko‘chki 2000 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Papua-Yangi Gvineya hukumati kuchli ko‘chkidan so‘ng xalqaro yordam so‘rab murojaat qildi. Germaniya va boshqa davlatlar uni taqdim etish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Foto: STR/AFP/Getty Images
Papua-Yangi Gvineyada 24 may kuni sodir bo‘lgan kuchli ko‘chki oqibatida 2000 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb xabar qildi mamlakat rasmiylari 27 may, dushanba kuni. «Ko‘chki 2000 dan ortiq odamni tiriklayin ko‘mib tashladi va ulkan vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi», — deya ularning BMT missiyasiga murojaatidan iqtibos keltirgan AFP.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Mungalo tog‘i yonbag‘rida joylashgan Mulitaka qishlog‘i tabiiy ofat natijasida yer yuzidan deyarli butunlay yo‘q bo‘lib ketgan. Ko‘chkining keyingi harakati qutqaruvchilar va ofatdan omon qolganlar uchun qo‘shimcha xavf tug‘diradi, deyiladi Papua-Yangi Gvineya hukumatining BMTga murojaatida.
«Ko‘chki kattaligi to‘rtta futbol maydoniga teng bo‘lgan maydonni qamrab oldi va u ulkan toshlar, ildizi qo‘porilgan daraxtlar va bir necha metr qalinlikdagi yer qatlamlari ostida qolib ketdi», — deyiladi AFP xabarida.
«Interfaks» agentligi xabariga ko‘ra, avvaliga rasmiylar ko‘chki 60 ga yaqin uyni vayron qilgan deb hisoblagan bo‘lsa, hozir ular 150 dan ortiq xonadon, davlat muassasasi va korxonalar haqida gap ketyapti, degan xulosaga kelishdi.
Papua-Yangi Gvineyadagi ko‘chki qurbonlariga yordam
Tabiiy ofat hududida turli qabilalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tufayli vayronalarni tozalash uchun gumanitar yordam va og‘ir texnikalarni olib kelish hozirda qiyin. Ma’lum qilinishicha, yaqin atrofdagi qishloqlar aholisi 27 may kuni ham kurak va yog‘ochlar yordamida qurbonlarni qidirishni davom ettirgan.
Ayni paytda, Papua-Yangi Gvineya hukumati xalqaro yordam so‘rab murojaat qildi. 28 may kuni BMT tomonidan ushbu mavzuda videokonferensiya tashkil etilishi rejalashtirilgan. Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning aytishicha, GFR o‘z hamkorlari bilan aloqada va qanday yordam berishi mumkinligiga aniqlik kiritmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xitoy ham yordam taklif qildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
Mavzuga oid

20:21 / 10.07.2025
Hindistonda it 67 kishini ko‘chkidan qutqarib qoldi

07:51 / 28.06.2025
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

15:50 / 30.05.2025
Muz ko‘chkisi Alp tog‘laridagi qishloqni yakson qildi. Tabiiy ofatdan oldingi va keyingi suratlar

23:07 / 25.03.2025