O‘zbekistonning uch hududida “valyutchiklar” ushlandi

Jamiyat 07:51 / 28.05.2024 4811

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.B. jami 3400 AQSh dollarini fuqaro N.S.ga 43,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.X. fuqaro T.I.dan 3300 AQSh dollarini 41,9 mln so‘mga sotib olishga kelishib, 25,9 mln so‘mini bergan vaqtida ushlanib, uning yonidan 4220 AQSh dollari va 25,9 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan P.J. jami 3100 AQSh dollarini fuqaro M.X.ga 39,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: