O‘zbekiston yuklari Turkmanboshi porti orqali Rossiyaga yetkazilishi mumkin 

Jahon 22:20 / 28.05.2024 8090

Rossiyaning Astraxan viloyati gubernatori Igor Babushkin Rossiya delegatsiyasining Toshkentga tashrifi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi. 

Tomonlar O‘zbekistondan Rossiyaga yuklarni yetkazish imkoniyatlarini muhokama qildilar. 

Qayd qilinishicha, bugungi kunda ular Astraxanga avtomobil orqali yetkazilmoqda. Ulardan ba’zilari Astraxan logistika markazining terminallari orqali o‘tadi. 2023 yilda 15 ming tonna sabzavot va meva yetkazilgan. 

Uchrashuvda Turkmanistonning Turkmanboshi portidan Astraxan viloyati portlariga qadar Shimoliy-Janub yo‘lagining dengiz komponenti orqali O‘zbekistondan Rossiyaga yuklarni suv orqali yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilingan. 

Ta’kidlanishicha, Astraxan viloyati rahbari o‘zbekistonlik kompaniya va tadbirkorlarni Astraxan tranzit imkoniyatlaridan foydalanishga chaqirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: