Samarqandda magistral suv quvuri teshilib, ko‘chalarni suv bosdi
Samarqand shahrini suv bilan ta’minlayotgan asosiy magistral suv quvurlaridan biri teshilgani tufayli ayrim ko‘chalarni suv bosgan. Yigirmadan ortiq ko‘cha va ularda joylashgan mahallalarda ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtab qolgan.

Foto: Videodan kadr
Shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Samarqand shahridagi Cho‘pon ota suv inshootidan kelayotgan diametri 1000 millimetrlik katta bosimdagi markaziy suv quvurida favqulodda nosozlik yuzaga kelgan
Shu sababli Zarafshon, Andijon, Usta Umar Jo‘raqulov, Panjikent, So‘zangaron, Navoiy, Sadriddin Ayniy, Amir Shohmurod, Registon, Termiz, Universitet xiyoboni, Orzu Mahmudov, O‘zbekiston, Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Akbar Otaxo‘jayev, Bobur Mirzo ko‘chalari va ushbu ko‘chalarga tutash mahalla va hududlarda vaqtincha ichimlik suv to‘xtatilgan.
Samarqand suv ta’minoti shahar filialining xabar berishicha, favqullodda yuz bergan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Ichimlik suv ta’minoti to‘xtagan hududlarga “Samarqand suv ta'minoti" AJ shahar filiali tomonidan maxsus texnikalar bilan yetkazib berilmoqda.
Qayd etilishicha, suv ta’minoti qachon tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda nosozlik yuz bergan hududda ko‘chalar to‘lib suv oqayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Ularda suvning bosimi juda yuqoriligini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025