Rossiyadagi Aromashevo-Vagay yo‘lining 18-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida besh kishi jabrlandi.
Tyumen viloyati yo‘l politsiyasi 25 may kuni KIA avtomobili ariqqa sirg‘alib ketib, ag‘darilganini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli haydovchi tezlikni me’yoridan oshirgan.
Hodisa oqibatida 3 va 5 yoshli ikki bola, 30 va 32 yoshli yo‘lovchilar bilan haydovchining o‘zi jabrlangan.
Ta’kidlanishicha, jabrlanganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Surgutdan Rossiya chegarasi tomon yo‘l olgan. Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda.