G‘azo sektoridagi “Al-Aqso shahidlari” shifoxonasida 20 dan ziyod yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayoti tibbiyot muassasasi to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun yoqilg‘i mahsulotlari yetishmasligi tufayli tahdid ostida qolgan. Bu haqda BMTning bolalar fondi UNICEF bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
«G‘azoning Dayr-ul-Balah shahrida joylashgan “Aqso” kasalxonasiga yoqilg‘i mahsulotlarining muntazam yetkazishning imkoniyati bo‘lmayotgani sababli kislorod generatorlar o‘chib qolishi mumkin. Bu esa barokamerada joylashgan 20 dan ortiq chaqaloqlarning hayoti xavf ostida qolishiga olib keladi», — deyiladi fond bayonotida.
BMT tashkilotidagilarning qayd etishlaricha, ekslavga yonilg‘i mahsulotlarining yetkazilishi hamon favqulodda past darajada qolmoqda.
Bayonotda qayd etilishicha, G‘azoga yetkazilayotgan yonilg‘i mahsulotlari hajmini oshirish va uni yetkazish uchun zudlik bilan xavfsiz yo‘laklar tashkil etilishi kerak. UNICEF’dagilarning ogohlantirishicha, faqatgina shu yo‘l bilan humanitar missiya xodimlari o‘z majburiyatlarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
“Al-Aqso shahidlari” shifoxonasi ma’muriyatining xabariga ko‘ra, kasalxonada tibbiy xizmatlar yonilg‘i yetishmasligi tufayli to‘xtatilishi mumkin. Paydo bo‘lgan vaziyat tufayli kasalxonadagi 1200 ga yaqin bemorlar va yaradorlar o‘lim xavfiga duchor bo‘lishmoqda.
Avvalroq Haagadagi BMT Xalqaro sud Isroil zimmasiga G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujumni zudlik bilan to‘xtatish majburiyatini yuklagani xabar qilingan edi.