Toshkentda uy eshiklarini poylagan yigit 5 sutkaga qamaldi

Jamiyat 18:51 / 24.05.2024 13398

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida bir yigit begona xonadon eshigini ochib ko‘rmoqchi bo‘lgani, keyin ko‘z tirqishidan qarab poylagani tasvirlangan video tarqaldi.

Toshkent shahar sudlari matbuot xizmatining Kun.uz‘ga ma’lum qilishicha, hodisa 2024 yil 2 may kuni sodir bo‘lgan. 24 yoshli A.B. tungi soat 2:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘pqavatli uyning oldidan o‘tib ketayotgan vaqtida, yordam so‘rab chaqirgan ovozni eshitgan.

Shu sababli aynan kim yordam so‘rayotganini bilish maqsadida ushbu uyning to‘rtinchi yo‘lagidagi xonadonlarini ko‘z tirqishlariga qarab, xonadonlarni eshitgan. Oqibatda xonadonda yashovchilarni qo‘rqitib, ularning tinchligini buzgan.

Holat bo‘yicha u IIB binosiga taklif qilinganida, idoraga kelishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Sud yigitni MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topgan.

Unga nisbatan besh sutka ma’muriy qamoq hamda BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlagan.

Ko‘proq yangiliklar: