Toshkentda jazo muddatini o‘tash joyini pul evaziga o‘zgartirib berishni va’da qilganlar ushlandi

Jamiyat 08:56 / 23.05.2024 6931

IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda jazo muddatini o‘tash joyini pul evaziga o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan vazirlik Jazoni ijro etish departamenti hamda Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

1976 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan ikki nafar shaxs Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan tanishi orqali ushbu manzil koloniyasidagi yana bir mahkumni Ohangaron yoki Olmaliq shahridagi manzil koloniyalaridan biriga o‘tkazib berishni aytgan va evaziga 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki nafar shaxs Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasiga tartibida ushlandi.

Ko‘proq yangiliklar: