Qashqadaryoda yuk mashinasi piyodalar yo‘lakchasida urib yuborgan o‘quvchi halok bo‘ldi

Jamiyat 10:55 / 23.05.2024 12836

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yuk mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘quvchini urib yubordi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 15 may kuni sodir bo‘lgan.

Kamaz yuk mashinasi Samarqand-G‘uzor avtomobil yo‘lidan harakatlanayotib Ko‘kdala tumanida joylashgan 37-maktab oldidagi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Oqibatda o‘quvchi og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida halok bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa tasvirlangan video tarqaldi. Bir guruh o‘quvchilar piyodalar yo‘lakchasidan o‘tmoqchi bo‘lishganda Nexia to‘xtab ularga yo‘l beradi. Bolalar yo‘lakchadan o‘ta boshlaganda ikkinchi qatordan katta tezlikda kelgan yuk mashinasi ulardan birini urib ketadi.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Ko‘kdala tuman IIB tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ko‘proq yangiliklar: