Poytaxt tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti to‘xtatiladi

Jamiyat 11:58 / 23.05.2024 2706

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 23 may kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Hududlar:

  • Mirobod tumani: «Sarako‘l» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Chilonzor tumani: «Bekto‘pi» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: