O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 6 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi

Iqtisodiyot 11:10 / 23.05.2024 2837

2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 3,3 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 2,8 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 841 mln dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Koreya – 682 mln;
  • Turkiya – 542 mln;
  • Germaniya – 319 mln;
  • Turkmaniston – 258 mln;
  • Hindiston – 255 mln;
  • Litva – 194 mln;
  • AQSh – 188 mln.
Ko‘proq yangiliklar: