BMT Srebrenitsadagi 1995 yilgi qirg‘inni genotsid deb tan oldi

Jahon 21:48 / 23.05.2024 6298

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1995 yilda Bosniyaning Srebrenitsa shahridagi voqealarni genotsid deb tan olgan rezolyutsiyani ma’qulladi. 

Rezolyutsiyani 84 davlat qo‘llab-quvvatladi, 19 davlat qarshi chiqdi, 68 davlat betaraf qoldi. 

1995 yildagi Srebrenitsa genotsidi haqida Xalqaro fikrlash va xotirlash kunini belgilash to‘g‘risidagi rezolyutsiya Bosniya va Hersegovina, Germaniya va boshqa bir qancha davlatlar tomonidan taklif qilingan edi. Serbiya bunga keskin qarshi chiqdi. Serblar Srebrenitsa voqealarini qirg‘in deb tan oladi, ammo genotsid emas. 

Mazkur rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish jarayoni «batafsilroq ko‘rib chiqish va takliflar kiritish uchun» degan iboralar bilan bir necha bor qoldirilgan edi. 

Bosniya tomonining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 1995 yil iyul oyida Srebrenitsani BMT tinchlikparvar kuchlari tark etgandan so‘ng, bir necha kun ichida 8 mingdan ortiq musulmon o‘ldirildi. Bu jinoyatlarda Bosniya serblari ayblandi. Keyinchalik Haagadagi Xalqaro sud Srebrenitsadagi voqealarni genotsid sifatida baholadi.

Ko‘proq yangiliklar: