Toshkent shahri IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ushlangan bir guruh shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining 30 aprel kunidagi hukmiga ko‘ra, 1987 yilda tug‘ilgan Sabirdjanov Xasan Abdusamatovich Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «a» bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi «b» bandi bilan aybli deb topilib, 4 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining 30 aprel kunidagi hukmiga ko‘ra, 1987 yilda tug‘ilgan Sabirdjanov Xusan Abdusamatovich Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «a» bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi «b» bandi bilan aybli deb topilib, 4 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudining 3 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1977 yilda tug‘ilgan Urazov Marat Pulatovich Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «b» bandi bilan aybli deb topilgan. Yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangani inobatga olinib, ish haqining 25 foizi davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 9 oy 27 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.