Sun’iy intellekt (SI) sohasidagi yetakchi kompaniyalar sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha yangi ixtiyoriy majburiyatlarni oldi. Bu haqda Financial Times Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya hukumatlari bayonotlariga tayanib yozdi.
Xususan, ular o‘zlarining ilg‘or SI modellari bilan bog‘liq xavflarni qanday baholashni tavsiflovchi xavfsizlik qoidalarini oshkor etishga va agar jiddiy xavflarni yumshatib bo‘lmasa, «modelni umuman ishlab chiqmaslik yoki joylashtirmaslik»ga va’da berishdi.
Boshqalar qatorida, bunday majburiyatlarni Amerikaning Amazon, Google, Meta, OpenAI, shuningdek, Ilon Maskning X.AI, Xitoyning Zhipu AI kompaniyalari o‘z zimmasiga olgan.