Toshkentda yuqori bosimli yerosti gaz quvuridan gaz sizib chiqish holati aniqlandi
Yunusobod tumanining 19-mavzesida yuqori bosimli yerosti gaz quvuridan gaz sizib chiqish holati aniqlandi.

Foto: Hududgaz Poytaxt
“Hududgaz Poytaxt” xabariga ko‘ra, holatni bartaraf etish maqsadida 20 may kuni soat 03:40 da tumanning “Obod”, “Oqtepa”, “Bobodehqon” MFY va Shifokor ko‘chasida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Bunda:
- aholi iste’molchilari - 225 ta yerli xonadon, 2 ta ko‘p qavatli uylardagi 146 ta xonadon;
- ulgurji iste’molchilar soni - 1 ta;
- AGTKSh - 3 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

16:03 / 05.03.2025