Toshkentdan harakatlanuvchi ayrim yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston 10:17 / 19.05.2024 3434

O‘zbekistonda ayrim yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent-Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Farg‘ona vodiysi va Volgograd yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar 2024 yil 2 iyundan 22 iyungacha Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Poyezdlar harakat jadvali quyidagicha bo‘ladi:

  • 60-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘nalishi

Toshkent 7:55 – Andijon 14:11

  • 59-sonli “Andijon – Toshkent” yo‘nalishi

Andijon 15:53 – Toshkent 21:47

  • 62/92-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘nalishi

Toshkent 18:01 – Andijon 00:31

  • 61-sonli “Andijon – Toshkent” yo‘nalishi

Andijon 6:21 – Toshkent 12:38

  • 91/93/95-sonli “Andijon – Toshkent” yo‘nalishi

Andijon 16:51 – Toshkent 23:44

  • 96-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘nalishi

Toshkent 10:25 – Andijon 18:00

  • 94-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘nalishi

Toshkent 6:07 – Andijon 13:17

  • 123-sonli “Volgograd – Toshkent” yo‘nalishi

Volgograd – Toshkent 6:53

Ko‘proq yangiliklar: