Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Dolzarb qirq kunlik» doirasida qo‘lga olingan yana ikki kishiga sud hukmi o‘qildi

Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkentda «Dolzarb qirq kunlik» doirasida qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan yana ikki kishiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 24 apreldagi hukmiga ko‘ra 1985 yilda tug‘ilgan Alibek Shaxrulloyevich Fayziyev Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan aybli deb topilgan.
Sud tomonidan unga nisbatan 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining 14 maydagi hukmiga ko‘ra, 1990 yilda tug‘ilgan Olimjon Shuhratovich Amonov Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilgan.
Sud tomonidan unga nisbatan 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qiymati 40 mlrd yevrodan oshiq aktivlarni milliylashtirdi
Jahon | 09:07
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi
O‘zbekiston | 08:45
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

14:03 / 09.07.2025
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

23:45 / 28.06.2025
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi

16:27 / 23.06.2025