Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 may kuni ham qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 20 may, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +22...+24 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +4...+9 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi
Jahon | 18:29
-
«Tur de Frans» velopoygasida o‘g‘irlangan velosipedlar Rossiyada sotuvga chiqdi
Sport | 18:26
-
Andijonda xizmat vaqtida pichoqlanib vafot etgan profilaktika inspektori «Jasorat» medali bilan taqdirlandi
Jamiyat | 18:19
-
Soliq organi 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun tadbirkorni 5,3 mlrd so‘m jarimaga tortdi
Iqtisodiyot | 17:58
Mavzuga oid

13:18
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

15:03 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet

12:31 / 07.07.2025
Hafta davomida harorat asta-sekin pasayishi kutilmoqda

14:41 / 04.07.2025