Toshkentda jamoat transport vositasiga nisbatan avariyaviy holat yuzaga keltirgan haydovchiga chora ko‘rildi

O‘zbekiston 07:17 / 18.05.2024 5117

Matiz rusumli avtomashina haydovchisi harakat davomida MAN rusumli jamoat transport vositasiga nisbatan avariyaviy xavfli holat qilib harakatlangani aks etgan video tarqaldi.

Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, Matiz haydovchisi I.E.ga nisbatan qoidabuzarlik yuzasidan MJtKning 128-5-moddasiga (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qayd etilishicha, haydovchilar bilan profilaktik suhbat ham olib borilgan.

Ko‘proq yangiliklar: