Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 07:10 / 18.05.2024 1508

Xorazm viloyatida yashovchi M.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 1 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida yashovchi N.Sh. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.Sh. Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola) jo‘natib, bu e’longa ishongan foydalanuvchilarning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan N.Sh.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko‘proq yangiliklar: