Oltita ratsiyani internetda sotmoqchi bo‘lgan shaxsga chora ko‘rildi
Yangiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro mamlakat hududida foydalanishga ruxsat etilmagan 6 dona ratsiyani internet tarmog‘idagi platformalar orqali sotmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.

Foto: O‘zkomnazorat
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Xorazm viloyat hududiy shu’basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Yangiariq tuman IIB tomonidan Yangiariq tumani hududida navbatdagi monitoring tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Yangiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro mamlakat hududida foydalanishga ruxsat etilmagan 6 dona ratsiyani internet tarmog‘idagi platformalar orqali sotmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.
Tuman IIB tomonidan mazkur radioelektron vositalar sotilishi oldi olinib, fuqaroga nisbatan radioelektron vositalarini sotish tartibiga rioya qilinmaganligi holati yuzasidan chora ko‘rilgan.
Mavzuga oid

20:43 / 09.03.2025
Afrikaning 15 ta davlati 2024 yilda internetni bloklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi

19:21 / 25.01.2025
Belarus saylov arafasida internetga kirishni chekladi

11:06 / 15.01.2025
Rossiyada internet tarmog‘ida katta uzilish kuzatildi

13:40 / 11.01.2025