"Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos janoblari bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Kun tartibi O‘zbekiston-Kipr ikki tomonlama munosabatlarini har tomonlama kengaytirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa ko‘plab masalalarga qaratildi.
"Shubhasiz, iqtisodiy diplomatiyani izchil rivojlantirish bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qolmoqda. Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish bo‘yicha hukumatlararo bitimni imzolaganimizdan mamnunmiz", deydi Baxtiyor Saidov.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 2023 yil sentabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Unda O‘zbekiston-Kipr munosabatlaridagi mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish va parlamentlararo muloqotni mustahkamlash masalalari muhokama qilingandi.
https://dunyo.info/uzk/Novosti-MID/glavy-mid-uzbekistana-i-kipra-podpisali-soglashenie-ob-osvobozhdenii-vladelcev-diplomaticheskih-pasportov-ot-vizovyh-trebovaniy