Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yer maydonini 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Hududlarda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Oltinko‘l tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro O.Sh. “Ittifoq” MFY hududidagi 80 sotix noturar yer maydonini fuqaro A.B.ga firibgarlik yo‘li bilan 160 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida ushbu yer maydonini turar joy sifatida foydalanishi uchun yana 10 000 AQSh dollari berishi kerakligini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departament, DXX va IIB Samarqand viloyati boshqarmalari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.E. Payariq tumani Maniobod mahallasida joylashgan ijara huquqi asosida dehqon xo‘jaligini yuritishi uchun ajratilgan 2,1 gektar yer maydonini fuqaro A.A.ga 36 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

12:52 / 24.06.2025
8 sotix yerni 130 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

13:48 / 18.04.2025