YeI migratsiya islohotini yakuniy tarzda tasdiqladi
Yevropa Ittifoqi davlatlari Yevroparlamentning boshpana berish qoidalarini sezilarli darajada kuchaytirish haqidagi qarorini tasdiqladi. U Yevropa Ittifoqiga noqonuniy immigratsiyani cheklab, Italiya va Gretsiya yukini yengillashtirishi kerak.

Foto: ROMAN STARAPOPOV / DELFI MEEDIA
Taxminan o‘n yillik munozaralardan so‘ng, Yevropa Ittifoqi nihoyat migratsiya qonunchiligining keng qamrovli islohotini ma’qulladi. 14 may, seshanba kuni YeI davlatlari Yevroparlament tomonidan qabul qilingan umumiy Yevropa qonunchiligini (Geas) sezilarli darajada qat’iylashtirishni nazarda tutuvchi o‘nta reglament paketini tasdiqlovchi rasmiy qaror qabul qildi.
Yangi qoidalar Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilganidan keyin kuchga kiradi. Shunda Yevropa Ittifoqi davlatlari ikki yil ichida milliy qonunchiligini muvofiqlashtirishga majbur bo‘ladi. Islohot nisbatan xavfsiz mamlakatlardan kelgan migrantlar uchun qoidalarni qat’iylashtiradi. U Yevropa Ittifoqiga noqonuniy immigratsiyani cheklashi hamda noqonuniy migratsiyaning asosiy oqimini qabul qiladigan Italiya, Gretsiya va boshqa mamlakatlar yukini yengillashtirishi kerak.
Islohot 2015 yilgi migratsiya inqirozidan beri muhokama qilingan
Yevroparlament 10 aprel kuni 2015 yildagi migratsiya inqirozidan beri muhokama qilinayotgan YeIda boshpana qonunchiligini isloh etish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi. Qonunlar to‘plami, jumladan, boshpana izlovchilar uchun tashqi chegaralarda tartib-qoidalarni tezlashtirishni nazarda tutadi. Yevropa Ittifoqida qolish imkoniyati kam bo‘lganlar chegarada qabul qilingan qarorlar bilan tezroq deportatsiya etiladi.
Islohotning tarkibiy qismlaridan biri boshpana izlovchilarni Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha birdamlik mexanizmidir. Bu shuni anglatadiki, migrantlar Yevropa Ittifoqiga kirgan birinchi mamlakatlarda - Italiya, Gretsiya, Ispaniya, Kipr, Maltada - boshpana izlovchilar soni haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari boshpana izlovchilarni kvota tizimi bo‘yicha qabul qilishga majbur bo‘ladi. Agar biron-bir davlat qochqinlarni qabul qilishdan bosh torsa, ular moliyaviy yordam ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, immigratsiya oqimi keskin oshgan hollarda harakat qilish jarayoni tartibga solindi.
Yevropa boshpana taqdim etish masalalari bo‘yicha agentligi 2023 yilda taxminan 1,1 million arizani qayd etdi, bu 2016 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Germaniyada boshpana izlovchilardan 330 mingga yaqin ariza topshirilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Karachi va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:31
-
Hafta davomida harorat asta-sekin pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:31
-
Toshkentdagi mahallada giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan yosh yigitlar aniqlandi
Jamiyat | 12:05
-
Navbahor Hamidova jahon kubogida chempion bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi
Sport | 11:56
Mavzuga oid

07:46
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin

18:52 / 06.07.2025
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi

22:28 / 05.07.2025
Tramp noqonuniy migrantlarga ikki sohada ishlashga ruxsat berishni taklif qildi

11:48 / 05.07.2025