«Doim o‘ylaysan - bu safar qayerga?» Xarkiv aholisi yarim yildan buyon zarbalar ostida yashamoqda. Urush suratlari

Jahon 16:35 / 15.05.2024 7876

Ukrainada urushning 811-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya mudofaa vazirligi Belgorod uzra 25 ta reaktiv snaryad urib tushirilganini ma’lum qildi. Tinch aholi vakillaridan biri jarohatlangan.
  • Rossiya qo‘shini Xarkivga aviabomba tashladi. Ko‘p qavatli uy zarbaga uchrashi oqibatida 20 dan ortiq kishi yaralangan.
  • Volgograd oblastida «tashqi aralashuv» tufayli yuk poyezdi izdan chiqqan. Baza ma’lumotiga ko‘ra, unga dron hujum qilgan.
  • RF mudofaa vazirligining Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Yuriy Kuznetsov o‘ta yirik miqdorda pora olishda gumonlanib hibsga olindi.
  • Bayden Rossiya urani importini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
  • Belgoroddagi turar joy pod’yezdi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 nafarga yetdi.

Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari

RF qo‘shini 2023 yil oxirida Xarkivni o‘qqa tutishni kuchaytirgandi. Qayrib yarim yildan buyon shahar muntazam zarbalar ostida yashamoqda. «Sen doimo o‘ylaysan — qayerga? Va darhol uchish trayektoriyasini hisoblay boshlaysan… Raketa qayerga va nima uchun uchib kelishini bilmaysan», — degandi 2024 yil qishida Xarkivda yashovchilardan biri BBC rus xizmati bilan suhbatda. Aprel oyi boshiga kelib shaharda deyarli butun energetika infratuzilmasi vayron bo‘ldi, deb xabar qilgan Xarkiv meri Igor Terexov. May oyi boshida esa Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastida yangi yurish boshladi.

RF qo‘shini Xarkiv bo‘ylab zarba berishda davom etmoqda. 14 may kuni kun davomida ular olti bor zarba yo‘llashdi, jumladan shaharga dronlar bilan hujum qilib, UMBP D-30 rusumli yangi bombalar qo‘llashdi, deb xabar bergan oblast ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. Shahardagi uchta rayonda xususiy va ko‘p qavatli uylar, o‘quv binolari, avtomobillar shikastlangan. 22 kishi jarohat olgan.

Ukraina FVDX xodimlari 14 may kungi zarbadan keyin chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Xarkivda rossiyaliklar zarbasiga uchragan ko‘p qavatli uy holatini tekshirayotgan qutqaruvchi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya zarbasiga yo‘liqqan uylardan biridagi kvartirada vayrongarchilik
Pavlo Pakhomenko / NurPhoto / Getty Images
Uyi otishma vaqtida shikastlangan xarkivlik ayol
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning Xarkiv bo‘ylab zarbasi oqibatlarini bartaraf etayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ukraina FVDX xodimlari RF qo‘shini S-300 zenit-raketa kompleksidan Xarkiv tomon uchirgan raketasi qoldig‘ini olib ketmoqda
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Chasiv Yar yaqinidagi ukrain artilleriyachilari

RF qo‘shini Xarkiv oblastida yurish qilishdan tashqari Donetsk oblastida oldinga intilishlarini ham to‘xtatmayapti. Chasiv Yar — Ukraina qurolli kuchlarining frontning mazkur uchastkasidagi muhim tayanch punkti. Ukrain jangchilari, jumladan artilleriyachilar mudofaani ushlab turishda davom etmoqda.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
D-30 gaubitsalari 1960 yilda SSSR armiyasiga qabul qilingan. Shundan buyon D-30 ko‘plab yirik mojarolarda, jumladan Afg‘oniston, Yugoslaviya, Iroq, Yaman va Suriyada qo‘llangan. Bunday quroldan Rossiya bosqiniga qarshi turgan ukrain harbiylari ham foydalanmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukraina QKning Donetsk oblastidagi barqarorlashtirish punkti

«Xolodniy Yar» 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi Donetsk oblastidagi janglarda 10 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Uning jangchilari Donetsk aeroporti mudofaasida ham bo‘lgan. Raqibning son jihatdan ustun kuchlariga qarshi turgan himoyachilar «kiborglar» nomini olishgandi. RF qo‘shini Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlagach, 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigada Sumini mudofaa qilgandi, endi esa uning jangchilari Donetsk oblastida jang qilmoqda. Ukraina qurolli kuchlarining janglarda ishtirok etayotgan boshqa ko‘plab bo‘linmalari qatori 93-brigadaning ham barqarorlashtirish punktlari mavjud, bunday nuqtalarda yarador jangchilarga birinchi yordam ko‘rsatiladi — hospitalga davolanishga yuborishdan oldin ularning holati barqarorlashtiriladi.

Mart oyi oxirida shunday barqarorlashtirish punktlaridan birining faoliyati to‘g‘risida tayyorlangan reportaj Current Time telekanalida ko‘rsatilgandi. Brigada tibbiy xizmati boshlig‘i Anatoliy Chuykin o‘shanda shunday degandi: «Shahardagi janglar tufayli o‘qotar quroldan jarohatlanganlar soni ko‘paydi. Bundan tashqari, merganlik guruhlari ishlamoqda». Punkt nafaqat 93-brigadaning, balki boshqa bo‘linmalarning yaradorlari, shuningdek tinch aholi vakillarini ham qabul qiladi. «Davolanamiz va dushmanni urish uchun pozitsiyaga qaytamiz», — degan yarador jangchilardan biri.

Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ko‘proq yangiliklar: