Toshkentda Cobalt avtomashinasi yonib ketdi

Jamiyat 07:17 / 15.05.2024 6741

2024 yilning 14 may kuni soat 22:00 larda  Uchtepa tumani 30-mavze 36-uy qarshisida avtomobilda yong‘in kelib chiqdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro N.G‘.ga tegishli Cobalt rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: