Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Termiz xalqaro savdo markazi» zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
«Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasida vizasiz rejim joriy etiladi. Shuningdek, Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga hudud ichida do‘kon va binolar sotib olishga ruxsat berildi.

Foto: Telegram / torgpreduz
Shavkat Mirziyoyev «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi.
Farmon bilan markaz hududida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan tadbirkorlik sub’yektlariga Afg‘oniston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.
Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, shuningdek, istisno tariqasida, mulk huquqi bilan sotib olish huquqi beriladi. Bunda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq qonunchilikda belgilangan tartibda ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, ulgurji va chakana savdoda to‘lov vositasi sifatida, istisno tariqasida, o‘zbek so‘mi bilan bir vaqtda AQSh dollari, Rossiya rubli, yevro, yuan valutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi. Bunda qabul qilingan naqd xorijiy valuta Markazda tashkil etilgan tijorat banklari filiallari orqali Markazda faoliyat yuritadigan yuridik shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh kun muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi.
Yangi tartibga muvofiq, markaz hududida:
- sotib olingan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax free) qoidalari qo‘llanmaydi;
- xarid qilingan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari to‘langandan so‘ng olib kiriladi. Bunda bojsiz olib kirish normalari tatbiq etilmaydi;
- joylashgan obektlarni boshqarish, ekspluatatsiya qilish, ijaraga berish va sotish Termez International Trade Centre MChJ tomonidan amalga oshiriladi;
- jamoat tartibini saqlash, sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha surishtiruv va tergov tadbirlarini o‘tkazish qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridan markaz hududigacha (95 km) ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

08:22 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

10:03 / 04.07.2025
Pokiston Termizda "quruqlik porti"ni tashkil etishi mumkin

09:46 / 02.07.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston va Xitoy orqali Mo‘g‘ulistonga yangi savdo yo‘lini ochmoqda

14:22 / 30.06.2025