Samarqand va Farg‘onada 15 ta AYoQSh tomonidan sifatsiz benzin sotilgani aniqlandi

O‘zbekiston 18:31 / 15.05.2024 3372

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 2024 yil yanvar-aprel oylarida Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» bilan hamkorlikda ellikka yaqin avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) sotilayotgan benzin sifatini o‘rganish uchun nazorat xaridini o‘tkazgan. 

Laboratoriya tahlillari xulosasiga ko‘ra, Samarqand viloyati va Farg‘ona viloyatidagi 15 ta AYoQSh tomonidan AI-92 va AI-95 markali sifatsiz benzin sotilgani aniqlangan. Oqibatda iste’molchilarga 201 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. 

Ta’kidlanishicha, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning tegishli moddasi talabi buzilishi holatlari bo‘yicha 15 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan. 

Natijada 2139 iste’molchi huquqi tiklanib, ularning foydasiga tegishli tartibda pul mablag‘lari qayta hisob-kitob qilib berilgani ta’kidlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: