Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada mahbusni olib ketayotgan furgonga hujum: ikki qo‘riqchi halok bo‘ldi
Fransiya rasmiylariga ko‘ra, yo‘nalish bo‘ylab joylashgan bekatda bir necha qurollangan kishi qamoqxona yuk mashinasiga hujum qilgan. Mahbus va noma’lum shaxslar qochishga muvaffaq bo‘lishdi.

Foto: ALAIN JOCARD / AFP
14 may, seshanba kuni Fransiya shimolidagi Er departamenti Ruan shahridan mahbusni olib ketayotganda qamoqxona yuk mashinasiga qurolli hujum uyushtirilgani oqibatida ikki qamoqxona xodimi halok bo‘ldi. Fransiya rasmiylariga ko‘ra, qo‘sh qotillik mahalliy vaqt bilan soat 11:00 lar atrofida Normandiya yo‘lidagi pul to‘lash joyi yaqinida sodir bo‘lgan.
Furgonga bir necha kishi o‘qotar qurollar bilan hujum qilgan, mahbus va noma’lum shaxslar qochishga muvaffaq bo‘lgan. Rasmiylarning aytishicha, hujumchilar Audi va BMW avtomobillarida bo‘lgan. Hujum sodir bo‘lganidan ko‘p o‘tmay yoqib yuborilgan mashinalardan biri topilgan, uning topilgan joyi aniqlashtirilmagan.
Le Figaro gazetasining politsiyadagi manbasi dastlab uch nafar zobit o‘lganini xabar qildi, keyinroq rasmiylar ikki qurbon bo‘lganini aniqlashtirdi. Fransiya adliya vaziri Erik Dyupon-Morettining aytishicha, yana uch kishi jiddiy jarohat olgan. «Mening barcha o‘y-xayollarim qurbonlar, ularning oilalari va hamkasblari bilan», deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida. Tergovchilar fikricha, qurbonlardan biri o‘ta og‘ir ahvolda. Shuningdek, hujumchilardan biri yaralangani xabar qilinmoqda.
Fransiya prezidenti hujumga munosabat bildirdi
«Qamoqxona xodimlarining o‘limiga sabab bo‘lgan bugungi hujum barchamizni hayratda qoldirdi», — deya yozdi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘ida. «Jinoyatchilarni qo‘lga olish kerak», — deya qo‘shimcha qildi Fransiya rahbari.
BFM TV telekanaliga ko‘ra, qochgan mahbus 30 yoshda. Bir necha kun oldin u Evryo chekkasidagi supermarket va do‘konlardan bir qator o‘g‘irliklar sodir etgani uchun 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Erkak, shuningdek, Sent-Eten-dyu-Ruvre shahrida qotillikka urinishda va 2022 yil iyun oyida Marselda qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda.
Adliya vazirligi rahbari hujumdan so‘ng darhol tezkor guruh yig‘di. Fransiya ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen bir necha yuzlab politsiyachini safarbar qilishga buyruq berdi. 200 ga yaqin politsiyachi qochib ketganlarni qidirishda ishtirok etmoqda, deya aniqlik kiritdi AFP agentligi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
Mavzuga oid

14:47
Fransiya mudofaa budjetini tezlashtirilgan sur’atda oshiradi

23:47 / 13.07.2025
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi

22:41 / 12.07.2025
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi

17:05 / 12.07.2025