Elektrotexnika eksportida minimal narxlarni belgilash uchun ishchi guruh tuzildi

Iqtisodiyot 17:27 / 15.05.2024 2917

O‘zbekistonda elektrotexnika, to‘qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlariga eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat o‘rnatilmoqda. Bu borada hukumat qarori qabul qilindi.

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi bu qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.

Yig‘ilish bayoniga muvofiq, elektrotexnika mahsulotlarining minimal eksport narxlarini belgilash bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan.

Ishchi guruh tarkibi:

  • Vahobov Davron Abdujalolovich – Savdo-sanoat palatasi raisi, ishchi guruh rahbari
  • Yunusov Mirziyod Miraxmadovich – “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
  • Sharipov Tohir Mirrahimovich – “Procab” QK MChJ ta’sischisi
  • Umarov Farrux Rahmatjon o‘g‘li – “Uzkabel” QK MChJ rahbari
  • Boboyev Bahriddin Bekturdiyevich – “Artikul Aziya Kabel” MChJ rahbari
  • Tojixo‘jayev Adham Akromxo‘jayevich – “Techno Cable Group” QK MChJ rahbari
  • Islom Umid Shavkatovich – “Yuqori Chirchiq Energy System” MChJ rahbari
  • Qurbonov Alisher Abdug‘aniyevich – “Angren Pipe Plant” MChJ rahbari
  • Nodirxonov Anvar Nodirxon o‘g‘li – “Metal Processing Technology” MChJ rahbari
  • Sharopov Farrux Hikmatovich – “Sharq Tubes” MChJ rahbari
  • Ro‘ziqulov Shohrux Tohirovich – “Artel Electronics Manufacturing” MChJ rahbari
  • Azimov Sohib Asatovich – “Ideal Elektro Lyuks” MChJ rahbari
  • Ahmedov Akmal Shomurodovich – “Sam-Ferre” MChJ rahbari
  • Abdalov Davron Otaxonovich – “Premier Electrotech” MChJ rahbari
Ko‘proq yangiliklar: