Bloomberg: AQSh yana bir Patriot tizimini Kiyevga topshirishi mumkin

Jahon 12:53 / 15.05.2024 4631

Qo‘shma Shtatlar Kiyevga yana bir Patriot havo mudofaa tizimini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 15 may, chorshanba kuni ertalab Bloomberg manbasiga tayanib yozdi

Ta’kidlanishicha, bu masala AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatida Rossiya Federatsiyasining shiddatli hujumlariga uchragan Ukraina havo mudofaasini yaxshilash zarurati fonida muhokama qilinmoqda. Gap bitta batareyani radarlar bilan komplekti haqida boryapti. Shu bilan birga, ayni paytda Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari tomonidan o‘z zaxiralaridan Kiyevga qo‘shimcha havo mudofaa tizimlarini o‘tkazish imkoniyati tahlil qilinmoqda, deyiladi xabarda. 

14 may kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan kelgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenga Kiyevda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlariga faqat Xarkivni himoya qilish uchun ikkita Patriot tizimi kerakligini aytdi, deb eslatadi Bloomberg. 

«Yangi Patriot tizimi uchun mablag‘lar, ehtimol Kongress tomonidan yaqinda ma’qullangan 61 milliard dollarlik yordam paketidan ajratiladi», deb yozadi agentlik. Oq uy Xavfsizlik kengashi va Pentagon bu ma’lumotga xabar e’lon qilingan vaqtda izoh bermadi. 

G‘arb ittifoqchilari tomonidan Kiyevga Patriot tizimlarini taqdim etish 

Shu bilan birga, Ukrainaning «Suspilne» internet nashri 23 aprel kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev o‘z ittifoqchilaridan to‘rtta qo‘shimcha Patriot batareyalarini olish ustida ish olib borayotganini aytganini eslatadi. 

Aprel oyi oxirida Germaniya kansleri Olaf Shols NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashuvda yana bir bor yevropalik ittifoqchilarni Ukrainani havo mudofaasini kuchaytirish nuqtayi nazaridan faolroq qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Shu munosabat bilan Germaniya hukumati rahbari Vashingtonning Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik yordam ko‘rsatish haqidagi qarorini olqishladi va Berlin uchinchi Patriot havo mudofaa tizimini Kiyevga topshirganini eslatib o‘tdi.

«Fursatdan foydalanib, yevropalik do‘stlarimizdan Ukraina havo mudofaasini qo‘llab-quvvatlash uchun bu borada biror narsa qila oladimi yoki yo‘qmi, shuni aniqlash uchun o‘z zaxiralarini yana bir bor ko‘rib chiqishlarini so‘rayman», — deya qo‘shimcha qilgan Shols. 

Ko‘proq yangiliklar: