Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgorodda binoning bir qismi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi
Belgorodda qulagan uy kirish qismi vayronalari ostidan yana ikki jasad topildi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Rossiya Mudofaa vazirligi uyga urib tushirilgan Ukraina raketasi kelib urilganini da’vo qilmoqda. Tahlilchilarning aytishicha, bu Rossiya aviabombasi bo‘lishi mumkin.

Foto: RIA Novosti
Belgorodda 12 may kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan 10 qavatli turar joy binosi kirish qismining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi. Shchorsa ko‘chasidagi vayronalar ostidan yana ikki kishining jasadi topildi — bu haqda 14 may, seshanba kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Ko‘p qavatli uyning bir qismi qulashi oqibatida jabrlanganlar soni, avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilganidek, 27 kishini tashkil etadi.
Tahlilchilar: Rossiya aviabombasi uyga tushib ketgan bo‘lishi mumkin
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, 12 may kuni Belgorodda kirish qismi qulab tushgan ko‘p qavatli uyga Ukraina «Tochka-U» raketasi parchasi tushgan. Conflict Intelligence Team Belgorodda kirish qismi qulab tushgan ko‘p qavatli uyga Ukraina raketasi kelib urilgani haqidagi versiyani ehtimoldan uzoq deb hisoblaydi. Tahlilchilar fikricha, uyga Rossiya havo hujumidan mudofaa raketasi yoki aviabombasi tushib ketgan.
Surishtiruvchilar Belgoroddan olingan foto- va videomateriallarni tahlil qilib, uyga shimoli-sharqdan zarba bo‘lgan degan xulosaga kelishdi. Hujumning bu yo‘nalishiga, jumladan, bino derazalari shimoli-sharqiy tomondan singani va qarama-qarshi tomon, ya’ni Ukrainaga qaragan qismi butun saqlanib qolgani dalolat beradi. «Ukrainaning «Tochka-U» raketasi havo hujumidan mudofaa raketasi ta’sirida trayektoriyasini uyning bu tomonidan zarba beradigan tarzda o‘zgartirishi mumkinligi haqidagi versiya bizga ehtimoldan yiroq tuyulyapti», dedi CIT asoschisi.
Rossiya Xarkivga yaqinlashmoqda
Ayni paytda, Rossiya Federatsiyasi Belgorod viloyati bilan chegaradosh Ukrainaning Xarkiv viloyatida so‘nggi kunlarda Rossiya armiyasi yangi hujumi davom etmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi bir nechta chegara qishloqlari qo‘lga kiritilgani haqida xabar berdi, Ukraina Vovchansk shahri aholisini evakuatsiya qilmoqda. Xarkiv viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov Xarkivga quruqlikdagi operatsiyadan hech qanday tahdid yo‘qligini aytdi. Rossiya Qurolli kuchlari mintaqani jadal o‘qqa tutmoqda, qurbonlar bor.
Amerikaning Politico nashriga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Xarkiv viloyatidagi hujumi urush natijasi uchun burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hal qiluvchi jangning boshlanishidir. O‘rtaga nafaqat Kiyevning Ukraina ikkinchi yirik shahri ustidan nazoratini davom ettirishi, balki G‘arbning Ukrainani Rossiyadan himoya qilishda qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan qat’iyati ham tikilgan, deb yozadi kuni gazeta.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina bosh vaziri lavozimini taklif qildi
Jahon | 21:32
-
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi
Jahon | 21:01
-
AQSh Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi
Jahon | 20:57
-
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
Mavzuga oid

21:01
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:19
Rossiya sudi yozuvchi Boris Akuninni sirtdan 14 yillik qamoqqa hukm qildi

19:03
Putin Trampga Rossiya yaqin orada Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirishini aytdi – OAV

18:16