Jamiyat | 10:20 / 14.05.2024
1985
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent markazida 8 soatga gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Yunusobod tumani «Qashqar» MFYga 14 may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Foto: Hududgaz Poytaxt

«Hududgaz Poytaxt» GTF xabariga ko‘ra, bunda:

  • aholi iste’molchilari soni – 34 ta ko‘p qavatli uylardagi 3320 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar soni – 32 tani tashkil etadi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Mavzuga oid