Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yangi hukumat tarkibi Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlandi
15 nafar vazirning 10 nafari avvalgi hukumatdagi lavozimini saqlab qoldi.

Foto: TASS
Rossiya Davlat dumasi 14 may kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda bosh vazir Mixail Mishustinning yangi hukumati uchun vazirlar nomzodini tasdiqladi.
Yangi vazirlarning tasdiqlangan ro‘yxati quyidagicha:
- Anton Siluanov - Moliya vaziri;
- Anton Alixanov - sanoat va savdo vaziri;
- Aleksandr Kozlov - tabiiy resurslar vaziri;
- Mixail Degtyarev - sport vaziri;
- Maqsut Shadayev – raqamli rivojlanish vaziri;
- Roman Starovoyt - transport vaziri;
- Aleksey Chekunkov - Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish vaziri;
- Sergey Tsivilev - Energetika vaziri;
- Valeriy Falkov - Fan va oliy ta’lim vaziri;
- Irek Fayzullin - qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri;
- Maksim Reshetnikov - Iqtisodiy rivojlanish vaziri;
- Mixail Murashko - Sog‘liqni saqlash vaziri;
- Olga Lyubimova - Madaniyat vaziri;
- Oksana Lut - qishloq xo‘jaligi vaziri;
- Anton Kotyakov - Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri.
15 vazirdan o‘n nafari Mixail Mishustinning avvalgi hukumatida shu lavozimlarni egallagan. Birinchi marta Alixanov, Degtyarev, Lut, Starovoyt va Tsivilev yangi portfellarini olmoqda.
Bir kun oldin Davlat Dumasi bosh vazirning 10 nafar o‘rinbosarini tasdiqladi. Ulardan sakkiz nafari o‘z lavozimini saqlab qoldi, yangilari Dmitriy Patrushev (sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri, Nikolay Patrushevning o‘g‘li) va Vitaliy Savelev (sobiq transport vaziri) edi.
2020 yilda Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng, mudofaa, adliya, tashqi ishlar va ichki ishlar vazirlari lavozimiga nomzodlar Davlat Dumasi emas, Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 17:45
-
O‘zbekistonga to‘y islohoti kerak: jamiyat o‘zgarishlarga tayyor
O‘zbekiston | 17:36
-
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?
Jahon | 17:26
Mavzuga oid

16:30
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi

15:49
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi

15:10
Harbiy jinoyatlarda ayblangan Rossiya brigadasi komandiri halok bo‘ldi

14:40