Metodika avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun amaliy imtihonlarni avtodromda tashkil etish va o‘tkazish ketma-ketligini belgilaydi.
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun amaliy imtihonlarni avtodromda tashkil etish va o‘tkazish metodikasiga quyidagilar kiradi:
- avtodromda amaliy imtihonlarni o‘tkazish tartibi;
- sinov mashqlarini bajarish ketma-ketligi;
- har bir sinov mashqlari va amaliy imtihonlar uchun umumiy baholash mezonlari.
Avtomototransport vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy imtihonlar A, V, C, D, Ve, Ce, De toifalari uchun o‘tkaziladi.
Amaliy imtihonlarda ishtirok etish uchun haydovchilikka nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
- nazariy imtihonlarda olgan ijobiy natijasi;
- avtodrom sharoitida boshqaruv ko‘nikmalari bo‘yicha ilgari o‘tkazilgan amaliy imtihonlardagi salbiy natijasi;
- Ve, Ce, De toifalari bo‘yicha transport vositalarini boshqarish huquqi uchun amaliy imtihonlarni o‘tkazishda haydovchilikka nomzodga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha murojaatining natijasi.
Ve, Ce, De toifalaridagi transport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda faqat amaliy imtihonlar topshiriladi.
Avtodrom sharoitida boshqaruv ko‘nikmalari bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish jarayoni quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi:
- tayyorgarlik - 10 daqiqadan oshmagan muddatda;
- imtihonlarning sinov mashqlarini o‘tkazish - 25 daqiqadan oshmagan muddatda;
- sinov mashqlarini va imtihonlarni yozib olish va baholash - darhol sinov mashqlari va imtihonlar yakunlangandan keyin.
Quyidagi tartib registrator (administrator) tomonidan amalga oshiriladi:
- haydovchilikka nomzodning shaxsi aniqlanadi;
- nazariy imtihonlarni topshirishning ijobiy natijasi mavjudligi ma’lumotlar bazasi yoki avtomatlashtirilgan imtihon tizimida (AIT) ro‘yxatdan o‘tganligi amaliy imtihonni topshirish xizmatini olish uchun tekshiriladi (Ve, Ce, De toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqi uchun) amaliy imtihondan o‘tishning belgilangan muddatlariga rioya qilish (takrorlangan taqdirda amaliy imtihonlarni topshirish).
Avtodrom veb-sayti hamda amaliy imtihonlar topshirish uchun kutish xonasida haydovchilikka nomzodlar quyidagilar bilan tanishishlari mumkin:
- avtodromda sinov mashqlarining yo‘nalishlari va ketma-ketligi;
- transport vositalarini boshqarish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi va natijalarini baholash tizimi;
-amaliy imtihonlar paytida xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomasi.
Avtodrom hududida haydovchilikka nomzodni mas’ul xodim kutib oladi, unga transport vositasini biriktiradi, haydovchining o‘rindig‘ini egallaganini tekshiradi hamda harakatlanishga tayyor ekanini nazorat qiladi.
Mas’ul xodimning buyrug‘i bilan haydovchilikka nomzod transport vositasi (o‘quv transport vositasi)ni boshqaradi va start chizig‘iga kelib, sinov mashqlarini bajarishni boshlaydi.
Avtodromdagi mas’ul xodim buyrug‘i bilan AIT baholash dasturi ishga tushirilib, amaliy imtihonlarning boshlanishi bilan sinxronlashtiriladi.
Transport vositalarining avtodromdagi harakatlanish oralig‘i AIT orqali tartibga solinadi.
Harakatlanish oralig‘i avtodromdagi mas’ul xodim tomonidan kutilmagan vaziyatlar bo‘yicha kuzatiladi va nazoratga olinadi.
Haydovchilikka nomzod, tegishli toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish huquqi uchun imtihonlarda avtodromda harakatlanishni belgilangan ketma-ketlikda boshqarish sxemasi bo‘yicha ko‘zlangan barcha sinov mashqlarini bajaradi.
Amaliy imtihonlar vaqtida haydovchilikka nomzoddan boshqa shaxslarga transport vositasi (imtihonlar o‘tkazilayotgan)ning ichida (ustida) bo‘lishiga ruxsat etilmaydi.
Imtihonlar jarayoni jamoatchilikka video-translatsiya qilinishiga sharoit yaratiladi.