O‘zbekiston va AQSh chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston 08:01 / 14.05.2024 1163

AQSh kompaniyasi bilan chiqindilarni boshqarish sohasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida AQShning Biologic International LLC kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi rahbari Sharif Hasanov, Biologic International LLC kompaniyasi boshqaruvchi hamkori Keshav Rajpal va Saviday kompaniyasi hamkori Sean MacEllin ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida delegatsiya mas’ul vakillari tomonidan kompaniyalar faoliyati xususida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash va undan energiya olishga qaratilgan faoliyat yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga doir istiqbolli loyihalar yuzasidan so‘z yuritildi.

Shuningdek, bioetanol va biometan ishlab chiqarish uchun organik chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, organik chiqindilarni saralash kabi qator masalalar ham muhokama qilindi. 

Yakunda samarali hamkorlik o‘rnatish va kelgusida yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish borasida kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: