Mbappe 5-bor Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sport 10:15 / 14.05.2024 4829

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe qatorasiga 5-mavsum eng yaxshi futbolchi deb topildi. 25 yoshli fransuz bu borada rekordchi sanaladi. Keyingi o‘rinlarda Zlatan Ibrahimovich (3) va Eden Azar (2) turadi. 

Parijliklar posboni Janluiji Donnarumma eng yaxshi darvozabon, yarimhimoyachisi Uorren Zair-Emeri eng yaxshi yosh o‘yinchi sifatida e’tirof etildi.

«Brest» ustozi Erik Roy eng yaxshi murabbiyga aylandi. 

Ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Janluiji Donnarumma («PSJ»); 

Himoyachilar: Ashraf Hakimi («PSJ»), Markinos («PSJ»), Leni Yoro («Lill»), Bradle Loko («Brest»);

Yarimhimoyachilar: Vitinya («PSJ»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»), Piyer Le-Melu («Brest»); 

Hujumchilar: Usmon Dembele («PSJ»), Kilian Mbappe («PSJ»), Piyer-Emerik Obameyang («Marsel»). 

Ko‘proq yangiliklar: