Hududlarda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

O‘zbekiston 09:42 / 14.05.2024 2156

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Y.B. xususiy korxonasi tomonidan ijara shartnomasi asosida foydalanib kelayotgan savdo do‘konida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 138,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Shu kabi, Departamentning Ishtixon va Jomboy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda YaTT A.T.ning savdo do‘koni va S.k. oilaviy korxonasining umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 103,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Shuningdek, Ishtixon tuman ETK Elektr tarmoqlarini qurish va rivojlantirish bo‘limi sobiq boshlig‘i S.K. YaTT A.T.ning do‘koniga elektr hisoblagich o‘rnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, S.K. tomonidan 1 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: