Germaniya va Shimoliy Yevropa davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi

Jahon 08:26 / 14.05.2024 1577

Germaniya va Skandinaviya davlatlari Ukrainani «kerak bo‘lgunicha» qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 13 may, dushanba kuni Stokholmda bo‘lib o‘tgan Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Islandiya bosh vazirlari bilan uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi. 

Sholsning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri Germaniya Ukrainaga 28 mlrd yevrolik qurol yuborgan yoki yuborishni rejalashtirmoqda. Bu yil Berlindan Kiyevga harbiy yordam 7 milliard yevrodan oshadi - bu Yevropadagi eng katta hissadir, deya ta’kidladi Germaniya kansleri. Shuningdek, u Germaniya yaqinda uchinchi Patriot havo mudofaa tizimini Ukrainaga topshirganini eslatdi. 

Skandinaviya mamlakatlari hukumat rahbarlari Olaf Shols bilan birdamlik bildirdilar. Shu tariqa, Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson uning mamlakati allaqachon Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishda ishtirok etayotganini va Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish niyatida ekanini aytdi. «Bu qanday va qay darajada ekani keyinroq e’lon qilinadi», deya qo‘shimcha qildi u. Finlandiya bosh vaziri Petteri Orpo G‘arb «Xarkivda yangi Mariupolni ko‘rishni istamasligini» va shuning uchun Ukrainaga yordam berish uchun hamma narsani qilish kerakligini aytdi. 

Sholsning Stokholmga tashrifi 14 may kuni davom etadi va u Kristersson bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. 

Habek: Biz yetarlicha ish qilmadik 

Ayni paytda Germaniya vitse-kansleri va iqtisodiyot vaziri Robert Habek Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun hali yetarlicha ish qilmagani haqida fikr bildirdi. Oxirgi ikki yil ichida Germaniyadan Ukrainaga katta yordam bordi, ammo natijalarni frontdagi haqiqiy vaziyatdan kelib chiqib baholash kerak, dedi u 13 may kuni Berlindagi Xavfsizlik siyosati federal akademiyasida so‘zlagan nutqida.

Vitse-kansler Ukraina Qurolli kuchlarida o‘q-dorilar va harbiy texnika yetishmasligini qayd etib, Germaniya ularni bundesver zaxirasidan yetkazib berishda davom etishi kerakligini bildirdi. Habek, shuningdek, boshqa davlatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq ish qilishi mumkinligiga ishonyapti. 

Ko‘proq yangiliklar: