Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Termiz–Dushanbe avtoyo‘lining pulli dublyorini qurmoqchi
Surxondaryo viloyati hokimligi investordan loyihani ishlab chiqishda turar joylar va daraxtlar ko‘chirilishini minimal darajaga tushirishni so‘radi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Xitoyning Hunan Industrial Equipment Installation Co. Ltd kompaniyasi Bishkek–Dushanbe–Termiz avtomobil yo‘liga parallel pulli avtomagistral qurishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya rasmiylari 11 may kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan uchrashgan.
“Muzokaralar davomida yo‘l qurilishining ekologik va iqtisodiy jihatlariga, xususan, turar joylar va daraxtlar ko‘chirilishini minimal darajaga tushirish, loyihaning tabiatga ta’sirini imkon qadar kamaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yakunda mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi”, – deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, Xitoyning Hunan Industrial Equipment Installation Co. Ltd kompaniyasi o‘zining 66 yillik faoliyati davomida 40 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi pulli yo‘llarni qurgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati Toshkent–Andijon va Toshkent–Samarqand yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoyo‘llar qurishni reja qilgan. Avvalroq Toshkent–Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholangan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:36
-
O‘zbekiston BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashiga saylandi
O‘zbekiston | 12:34
-
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi
Jahon | 11:47
-
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

10:03 / 04.07.2025
Pokiston Termizda "quruqlik porti"ni tashkil etishi mumkin

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

15:39 / 29.06.2025
Termizga tushgan snaryadlar: Ularni kim otgani aniq bo‘ldi

15:19 / 13.06.2025