Nepallik sherpa Everestni zabt etish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Jahon 08:43 / 13.05.2024 6649

Nepallik mashhur sherpa Kami Rita Everest cho‘qqisiga 29 marta ko‘tarilib, o‘zining rekordini yangiladi. 54 yoshli gid 12 may, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:25 da bir guruh alpinistlar bilan birga dunyodagi eng baland cho‘qqiga (8849 metr) chiqdi, dedi OAVga Kami Rita Sherpa hamkorlik qiladigan Seven Summit Treks ekspeditsiyasi operatori rahbari Mingma Sherpa.

1994 yilda Everestni birinchi marta zabt etgan Kami Rita Sherpa, Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, deyarli har yili dastlab yuk tashuvchi, keyin esa alpinist bo‘lib ishlab, rekordini takrorlagan. Shuningdek, u Himoloydagi yana bir qancha 8000 metrlik cho‘qqilarni zabt etgan. 

Hech qanday rekord o‘rnatmoqchi bo‘lmagan

Avvalroq Kami Rita intervyusida hech qanday rekord o‘rnatish niyatida bo‘lmaganini va bu yillar davomida «shunchaki ishlaganini» aytdi. U 2023 yilda Everestga ikki marta ko‘tarilib, boshqa sherpa yo‘lboshchisi Pasang Dava ko‘tarilishlar bo‘yicha unga yetib olganidan keyin jahon rekordini tikladi. 

«Kami qaytib keldi, 29 marta dunyo cho‘qqisini zabt etish uchun yana orqaga qaytdi. Bir kishining ishi, boshqa odamning orzusi», deb yozgan edi mashhur sherpa bir necha kun oldin Everest baza lageridan Instagram’da. 

Sherpa — xalq. Sharqiy Nepalning (100 ming kishi) Jomolungma (Everest) tog‘i atrofida, shuningdek, Hindiston (Darjiling vodiysi)da yashaydi. Tibetbirma til guruhiga mansub tilda so‘zlashadi. Sherpalar o‘rta asrlarda bosh Himolay tog‘laridan janubroqqa ko‘chib kelgan tibetliklar avlodi, tili va madaniyatiga ko‘ra tibetliklarga qardosh. Nepalda sherpalar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. O‘tmishda Nepal va Tibet o‘rtasidagi savdoda vositachilik qilgan. Sherpalarning asosiy mashg‘uloti — savdo-sotiq va tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilishda yuk tashuvchi sifatida qatnashish. 

Ko‘proq yangiliklar: